O‘zbekiston | 18:09 / 14.03.2023
12368
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qariyalar uyi devori qulab tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Olmazor tumanida devor qulab tushishi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori qulab tushgan.

Poytaxt IIBB e’lon qilgan ma’lumotda aytilishicha, devor qulab tushishiga poytaxtda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.

Ro‘y bergan hodisa oqibatida devor oldida turgan “Nexia-3” rusumli, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan avtomashinaga zarar yetgan. 

Rasmiy xabarda hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘qligi aytiladi.

Mavzuga oid