Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube'ning O‘zbekistondagi monetizatsiyasini tiklash masalasi muhokama qilinadi
Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya shu’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ko‘plab loyihalar yuzasidan fikr almashilgan.
Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalari muhokama qilindi.
«Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik», — deb yozdi Allamjonov.
Mavzuga oid
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
16:53 / 03.04.2025
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
15:04 / 21.02.2025