O‘zbekiston | 14:12 / 16.03.2023
18496
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarni rejali tartibda navbatdagi yoqish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda rejali tartibda navbatdagi yoqish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Surxondaryo viloyati hokimligi aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi xabarlar tarqatmaslikka chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda navbatdagi yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan.

«Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma’lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga oid