O‘zbekiston | 00:18 / 16.03.2023
32445
2 daqiqa o‘qiladi

Prokuror Surxondaryo viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi

Viloyatning yangi hokimi Ulug‘bek Qosimov ham asli prokuror hisoblanadi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Farhodjon Vahobovich Ismoilov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farhodjon Ismoilov 1970 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.

F.Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

  • Ma’lumot uchun, 2022 yil oxiridan Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2023 yil 13 martida lavozimga tasdiqlangan Ulug‘bek Qosimov 2019 yil sentabridan 2021 yil fevraliga qadar Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
  • Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2020 yil yozidan buyon Usmon Turopov ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid