Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadr topmagan o‘qituvchi o‘tmishda qoldi: yangilanayotgan konstitutsiya haqida
Davlat o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Yangilanayotgan bosh qomus bilan pedagoglarning huquqlari mustahkamlanmoqda.
Uzoq vaqt davomida o‘qituvchilar arzimagan maosh uchun ishdan tashqari vaqtda ham majburiy mehnatga jalb qilindi. Yuqori tashkilot, hokimlik xodimlari tomonidan maktablar buyruqbozlik nuqtasiga aylantirildi. Buning oqibatida pedagoglar ta’lim bilan shug‘ullanib emas, hisobot yuritish kabi turli qog‘ozbozlikni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lishdi.
Yangilanayotgan konstitutsiyaning 52-moddasi bilan yuqoridagilarning barchasi tarixga aylanishi mumkin. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash, boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
Ma’lumot uchun, yangi Konstitutsiya loyihasining 50-, 51-, 52-moddalar aynan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limini olishdagi huquqlari, oliy ta’lim olish masalasi hamda pedagoglarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025