Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi saylovlarda «Amanat» partiyasi eng ko‘p ovoz to‘pladi
Ro‘yxatga olingan yetti partiyadan oltitasi Qozog‘iston parlamenti quyi palatasiga kirdi, deb xabar qildi MSK.
19 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida ro‘yxatga olingan yettita partiyadan oltitasi Qozog‘iston parlamenti quyi palatasiga kirdi. Tengrinews.kz internet portalining 27 mart, dushanba kuni xabar berishicha, hukmron «Amanat» partiyasi (sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning «Nur Otan» partiyasi) 53,90 foiz ovoz to‘plab, eng ko‘p mandatga ega bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasining hisob-kitob natijalariga ko‘ra, 10,90 foiz ovoz bilan «Auyl» vatanparvarlik partiyasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 8,59 foiz ovoz olgan «Respublika» (Respublica) partiyasi uchinchi o‘rindan joy oldi.
Bundan tashqari, «Aq Jol» partiyasi (8,41 foiz ovoz), Qozog‘iston Xalq partiyasi (6,80 foiz ovoz) va muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyasi (5,20 foiz ovoz) besh foizlik to‘siqdan o‘tdi.
Majlis tarkibiga 98 deputat kiradi. Ular proporsional (milliy saylov okrugida 5 foiz to‘siqli partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 69 mandat) va majoritar (bir mandatli saylov okrugi, 29 mandat) tizimlar bo‘yicha saylangan.
Hozircha parlamentda faqat uchta hukumatparast partiyalar vakillik qilgan.
Qozog‘istondagi saylovlarda muxolifatchilar qariyb 20 yil ichida birinchi marta mustaqil nomzod sifatida qatnashdi. Yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan «Baytak» partiyasi 5 foizlik to‘siqqa yeta olmadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil boshida hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar va tartibsizliklardan so‘ng boshlagan modernizatsiya jarayonining bir qismi sifatida yanvar oyida navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025