O‘zbekiston | 14:39 / 27.03.2023
8028
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunga o‘chirish rejalashtirilmayapti

Foto: Shutterstock

Veolia Energy Tashkent Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunga o‘chirishlarni rejalashtirmayapti. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda, suvning o‘chirilishi butun shaharda bir vaqtning o‘zida emas, balki kvartallar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ma’lumotda aytilishicha, bunday yondashuv o‘tkaziladigan sinovlar sifatini oshiradi. Mutaxassislar e’tibori issiqlik tarmog‘ining kichik bir qismiga qaratiladi, tekshirish batafsilroq bo‘lib, ko‘proq nuqsonlarni aniqlaydi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimligi xabarida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari aynan qachon o‘tkazilishi borasida ma’lumot keltirilmagan.

Avvalroq Toshkentda 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatilishi, issiqlik tarmoqlari sinovlardan o‘tkazilishi xabar qilingandi.

«Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish kerak», — deyiladi Veolia Energy Tashkent xabarida. 

Mavzuga oid