Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasida Xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tmoqda
28 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Avitsenna izdoshlari” III Xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tti.
Mazkur olimpiada respublikamizda salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun qobiliyatli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Ushbu olimpiadada 1700 dan ortiq talaba ishtirok etmoqda. Ularning 662 nafarini xorijlik talabalar tashkil etadi.

Olimpiada:
- Terapiya;
- Jarrohlik;
- Tor klinik mutaxassisliklar;
- Onalik va bolalik muhofazasi;
- Tibbiy biologiya;
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- Tibbiy-profilaktika;
- Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi.

“Avitsenna izdoshlari” olimpiadasida Koreya, Hindiston, Shvetsariyadan kelgan tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etishadi. Ular olimpiadaning shaffof va odilona o‘tishini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibiga jalb etilgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi
20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:05 / 31.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasiga xalqaro hamkorlik doirasida sun’iy nafas olish uskunalari sovg‘a qilindi
14:43 / 24.03.2023