Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Svobodnyy universitet» faoliyati «nomaqbul» deb tan olindi
O‘quv jarayoni davomida «Svobodnyy universitet» talabalarida «Rossiya Federatsiyasiga nisbatan doimiy norozilik» paydo bo‘lgan, deb ta’kidlaydi Rossiya Bosh prokuraturasi. U nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini «nomaqbul» deb tan olish to‘g‘risida Adliya vazirligiga xabar berdi.
Rossiya Bosh prokuraturasi Latviya nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) - «Svobodnyy universitet» faoliyatini «nomaqbul» deb tan olishga qaror qildi. Bu haqda 31 mart, juma kuni idora saytida ma’lum qilindi.
«Tashkilotga Latviya hududida yashovchi Rossiya fuqarolari, jumladan, Rossiyada tan olingan «chet el agentlari» tomonidan asos solinganligi aniqlandi», — deyiladi matbuot uchun xabarda. «O‘quv muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan Rossiyada ekstremistik deb e’tirof etilgan tashkilotlar faoliyati ommalashtirilmoqda», - deyiladi Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotida, ammo mahkama qaysi tashkilotlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Uning NNTga qarshi yana bir da’vosiga ko‘ra, talabalarda go‘yoki «bir vaqtning o‘zida Yevropa demokratiyasining o‘ta liberal modelini o‘rnatish» bilan birga, Rossiyaga nisbatan «doimiy dushmanlik kayfiyati shakllantirilgan».
Bosh prokuraturaning yozishicha, u «Svobodnyy universitet»ni «nomaqbul» tashkilot sifatida tan olish haqidagi qarori haqida Rossiya Adliya vazirligini xabardor qilgan. Vazirlik NNTni tegishli ro‘yxatga kiritishi kutilmoqda.
Shu kunning o‘zida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmonlari bilan Rossiyaning Latviya va Estoniyadagi elchilari Mixail Vanin va Vladimir Lipayevni ishdan bo‘shatdi. 23 yanvar kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Estoniya tomonining Tallindagi Rossiya elchixonasi xodimlari sonini qisqartirish talabiga javoban Estoniya bilan diplomatik munosabatlar maqomini muvaqqat vakillar darajasiga tushirganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025