Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron va fon der Lyayyen Pekinda Si Jinping bilan uchrashadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen 6 aprel kuni Pekinda Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Makron va fon der Lyayyen Si Jinpingni Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun Pekinning Moskvaga ta’siridan foydalanish zarurligiga ko‘ndirish niyatida, deb xabar bermoqda dpa.
Uch tomonlama uchrashuv taklifi Xitoyda uch kunlik davlat tashrifi bilan bo‘lgan Fransiya rahbari tomonidan bildirilgan.
Xitoy Moskva bilan yaqin aloqalari tufayli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda tinchlik o‘rnatishda «muhim rol» o‘ynashi mumkin, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron. Fevral oyi oxirida taqdim etilgan Xitoyning Ukraina bo‘yicha «tinchlik rejasi» «mojaroning yechimiga hissa qo‘shish istagidan» dalolat beradi, dedi Makron 5 aprel kuni Pekinga tashrifining birinchi kuni.
«Xitoy tegishli ravishda BMT Nizomiga hamda hududiy yaxlitlik va suverenitetga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi», — dedi Fransiya prezidenti. Makron Si Jinpingni Rossiyadan uzoqlashishga va Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikka ko‘ndirishga umid qilmoqda.
Makron ketishdan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali gaplashdi. Ularning suhbati «Fransiya va Qo‘shma Shtatlarning umumiy irodasi»ni Xitoyni «biz bilan birga Ukrainadagi urushni tugatishni tezlashtirish va mustahkam tinchlik o‘rnatish»ga majbur qilishini ko‘rsatdi», — deyiladi chorshanba kuni fransuz diplomatik manbalari xabarida.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
12:15 / 14.05.2025