Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyadan o‘g‘it eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga rozi bo‘ldi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Ukraina ishtirokidagi Qora dengiz don tashabbusini uzaytirish maqsadida RFning Rossiya o‘g‘itlari va g‘alla eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash talabiga rozi bo‘ldi.
Chavusho‘g‘li rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Turkiyaning Ukraina portlaridan g‘alla va boshqa tovarlar xavfsiz eksportini ta’minlash uchun kelishuvni uzaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
«Biz nafaqat Rossiya va Ukrainadan g‘alla va o‘g‘it eksporti bo‘yicha kelishuvni davom ettirishga, balki global oziq-ovqat inqiroziga barham berish uchun ham katta ahamiyat qaratamiz», — deya Chavusho‘g‘lining so‘zlarini keltiradi Reuters.
«Biz, shuningdek, Rossiya don va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash kerak degan fikrga qo‘shilamiz. G‘alla bo‘yicha kelishuvni yanada uzaytirish bo‘yicha masalalarni hal qilish kerak», - dedi vazir.
Rossiya TIV rahbari, o‘z navbatida, agar Rossiya eksporti yo‘lidagi to‘siqlar davom etsa, Moskva «don kelishuvi»dagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Agar Rossiya o‘g‘itlari va g‘alla eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda bundan keyin ham olg‘a siljish bo‘lmasa, unda bu kelishuv zarurmi yoki yo‘qmi, bu haqda o‘ylab ko‘ramiz», dedi Lavrov Anqarada Chavusho‘g‘li bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025