Konchilarning mo‘’jaz shaharchasi – Yangiobodda bahor
Toshkentdan 2 soatlik masofadagi Yangiobod shaharchasi o‘ziga xos tabiati va o‘tgan asrdan saqlanib qolgan arxitekturasi bilan ajralib turadi. Kun.uz fotomuxbiri noodatiy shaharcha manzaralaridan fotojamlanma tayyorladi.
Yangiobod – o‘tgan asrda qurilgan va o‘sha davr arxitekturasini saqlab qolgan mo‘’jaz tog‘ shaharchasi. Bir paytlar konchilar istiqomat qilishi uchun qurilgan bu manzil Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan.
Yangiobod shaharchasiga yetib olish uchun poytaxtdan taxminan 2 soat yo‘l yuriladi. Bir asrlik shaharcha, ayniqsa, bahor faslida juda chiroyli ko‘rinish oladi. Eski tosh uylar, tog‘ning shunday bag‘ridagi binolar yashillik ichida qoladi. Manzara chiroyli bo‘lsa ham, bu yerga dam oluvchilar ko‘p kelmaydi. Shuning uchunmi, shaharchada chiqindilarni deyarli uchratmaysiz, atrof toza.
Bu yerda ilgari “Chilten” uran koni bo‘lgan va shu sababli shaharchada ko‘plab konchilar yashagan. Konning debeti (samaradorligi) pasayib borishi bilan 1985 yillarda uni yopish ishlari boshlangan, 90 yillargacha rekultivatsiya ishlari yakunlanib, kon butkul yopilgan.
Tog‘ yonbag‘ridagi yo‘llarda turistlar, mehmonlardan ko‘ra ko‘proq sportchilarni uchratish mumkin, ular bu yerga mashg‘ulot olib borish uchun kelishadi. Shaharchada istiqomat qiluvchi yoshlar ham kam, keksalar ko‘proq.
Agar bahorda tabiat qo‘ynida dam olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, biroq hali manzil tanlamagan bo‘lsangiz, Yangiobod shaharchasi – yaxshi variant. Faqat shaharchaga dam olishga borsangiz, chiqindi tashlamaslikka harakat qiling.
Suratlar muallifi: Nuriddin Nursaidov
Mavzuga oid
14:46 / 08.03.2024
O‘zbekiston ayollari yigirmanchi asrda – arxiv suratlarida xotin-qizlar hayoti
21:05 / 20.02.2024
Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari va uning jinoiy sherigiga hukm o‘qildi
16:47 / 23.11.2023
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)
11:45 / 30.07.2023