Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiylari bir kechada 8 ta kamikadze dronni urib tushirdi
Rossiya tunda Ukraina hududiga Eronda ishlab chiqarilgan 10 ga yaqin «Shahed-136» kamikadze dronlarini uchirdi, ulardan sakkiztasi Ukraina harbiylari tomonidan yo‘q qilindi, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Facebook’dagi ertalabki hisobotida.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi, o‘z navbatida, jami 12 tagacha dron uchirilganini ma’lum qilib, ulardan sakkiztasi urib tushirilganini tasdiqladi.
Poltava viloyatida dron hujumidan so‘ng fuqarolik infratuzilmasi obekti vayron bo‘ldi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Dmitriy Lunin Telegram-kanalida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Vinnitsa viloyatida portlash infratuzilma obektiga zarar yetkazdi, dedi «Yug» operativ qo‘mondonligi spikeri Natalya Gumenyuk milliy telemarafon efirida.
Yarim tundan keyin butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida trevoga e’lon qilindi. Mamlakatning ayrim hududlarida kechasi ikki marta ogohlantirish sirenasi yangragan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:37 / 27.05.2025