Jamiyat | 09:37 / 24.04.2023
45349
3 daqiqa o‘qiladi

Bolani qanday qilib quloq solishga undash mumkin?

Bolaning ota-onaga itoatkor bo‘lishiga erishish – katta va jiddiy mavzu. Ma’lumotlarning to‘liqligiga da’vogarlik qilmay, ayrim maslahatlarni jamladik. Ularning bari ilmiy asoslangan va ko‘plab ota-onalarga yordam bergan.

Bolani itoatkor bo‘lishiga hech qanday yo‘l bilan majburlab bo‘lmaydi. Uni bo‘ysunishga majbur qilish mumkin, biroq uzoq muddatga emas.

Birinchi navbatda bolaning kerakli yo‘nalishga qaratilgan har qanday faoliyatini rag‘batlantirish kerak. Qizaloq idish yuvmoqchimi? Uning yordami sizga xalaqit qilsa ham albatta ruxsat bering.

Masalan, bola o‘z buyumlarini tartib bilan taxlab qo‘yishini istasangiz, dastlab buni birgalikda bajaring. Ikkinchi bosqichda qo‘shimcha yordam berish mumkin, masalan, qanday ketma-ketlikda taxlashni o‘rgatib rasm chizish. Masalan, quyidagicha:

Bola quloq solmayaptimi? Unga yordam bering

Ko‘p bolalar tushunarli va ko‘rgazmali yo‘riqnomaga amal qilishadi. Asta-sekin odat shakllanadi, tashqi yordam kerak bo‘lmay qoladi.

Keyingi usul – kerakli harakatlarni o‘yin yoki musobaqaga aylantirish. O‘yinchoqni oddiygina yig‘ishtirish zerikarli va uzoq vaqt oladi. Tozalash o‘yinini o‘ynash – umuman boshqa gap.

O‘yin – bolalarning tabiiy ehtiyoji. O‘yin shaklida har qanday yoqtirmagan ishlariga ham kirishishga tayyorlar. Bellashuv ham a’lo darajada ta’sir qiladi.

Bola quloq solmayaptimi? Uni jazolashga shoshilmang

Foto: Depositphotos

Jazo

Man etilgan narsalarga amal qilmaganlik uchun jazo berish kerak. Eng umumiy qoidalar esa quyidagicha:

Yomon narsa qilgandan ko‘ra, yaxshi narsadan mahrum qilish.

Ommaviy jazolash kerak emas.

Jazolash tahqirlash orqali bo‘lishi kerak emas.

“Profilaktika” uchun jazolash kerak emas.

Jismoniy jazolashni minimum darajaga tushirish kerak.

Foto: Unsplash

Biroz quloq solmaslik

Batamom itoatkor bola – norma emas. Ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga doimiy ravishda amal qilaversa, farzandingiz hayotdan qanday tajriba oladi?

Kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilmay, man etilganlarga rioya etmay bolalar biror narsaga erishish yoki biror narsadan qochishga harakat qilishadi. Masalan, e’tibor qilishlariga erishish. Ota-onalar uchun eng murakkab vazifa – quloq solmaslik ortida nima turganini anglash. Buning uchun esa bolani tinglash, u bilan suhbatlashish lozim. Afsuski, sehrli tayoqchalar mavjud emas. Birgina maqolani o‘qib bolalar bilan o‘zaro munosabatlardagi barcha muammolarni hal etib bo‘lmaydi. Biroq hech bo‘lmaganda harakat qilish mumkin.

Mavzuga oid