Jahon | 11:00 / 26.04.2023
9645
1 daqiqa o‘qiladi

«Dose» markazi: Kreml Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqdi

2021 yilda Rossiya prezidenti ma’muriyatining chegara aloqalari bo‘limi maxsus xizmatlar ko‘magida Latviya, Litva va Estoniyaning ichki siyosatiga ta’sir qilish strategiyasini ishlab chiqdi, deb yozadi «Dose» surishtiruv markazi xalqaro jurnalistlar konsorsiumi tomonidan olingan hujjatlarga tayanib. 

Riga, Latviya / Foto: Reuters

Shunday qilib, Latviyada Kreml 2030 yilgacha mamlakatning Rossiya bilan siyosiy ittifoqlarda ishtirok etishiga va rus tilining davlat tillaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlashga umid qilyapti

Litvada Moskva 2025 yilgacha Vilnyusning rus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash faoliyatini cheklashga va rossiyaparast jamg‘armalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatini kengaytirishga, 2030 yilga borib esa - «Litva rahbariyati uchun mintaqada NATO harbiy ishtirokini kuchaytirishdan milliy xavfsizlikka yetkazilgan zararni tan olish sharoitini yaratishga intiladi». 

Estoniyada Rossiya hukumati 2025 yilga borib respublika jamoatchiligida Shimoliy Atlantika alyansi mavjudligi haqidagi salbiy kayfiyatni shakllantirishga hamda mamlakatning siyosiy, harbiy va biznes elitasida barqaror rossiyaparast ta’sir guruhlarini yaratishga umid qilmoqda. 

Mavzuga oid