Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada MXQ shahar boshqarmasi sobiq boshlig‘iga sud hukmi chiqarildi
MXQning Olmaota bo‘limi sobiq boshlig‘i Nurlan Majilov 2022 yil yanvaridagi tartibsizliklar ishi bo‘yicha 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, unga 10 yilga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlangan.
Olmaota shahrining Olmali tuman sudi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) shahar boshqarmasi sobiq boshlig‘i Nurlan Majilov ishi bo‘yicha ayblov hukmini chiqardi. 25 aprel, seshanba kuni u 2022 yil boshidagi norozilik namoyishlari va tartibsizliklar chog‘ida hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bundan tashqari, Majilov 10 yil muddatga davlat xizmatida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, moliya tashkilotlarida lavozimlarni egallash huquqidan, shuningdek, MXQ general-mayori maxsus unvonidan ham mahrum etildi, deya xabar beradi sud matbuot xizmati.
Bir kun avval Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi Qozog‘iston MXQ sobiq raisi Karim Masimovni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi. Shuningdek, sud qarori bilan mansabdor shaxsning mol-mulki musodara qilindi, u umrbod davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan mahrum qilindi. Ish "o‘ta maxfiy" belgisi ostida ko‘rib chiqildi.
Xuddi shu ishda Masimovning uch sobiq o‘rinbosari: Anuar Sadiqulov, Daulet Yergojin va Marat Osipov ishtirok etdi. Ular mos ravishda 16, 15 va 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. To‘rt ayblanuvchining hammasi generallik unvonlari va davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Ulardan 10 milliard tenge (taxminan 20 million yevro) va 24 million AQSh dollari (21,8 million yevro)dan ortiq mablag‘ davlat foydasiga undiriladi.
Mavzuga oid
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
12:17 / 25.03.2025
Olmaotada yashovchi shaxs advokat sifatida ChatGPT'dan foydalandi va sudda yutib chiqdi
11:34 / 19.03.2025