Baxmutda jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar va Mikolayivga zarba oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 428-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin anneksiya qilingan hududlar aholisini, agar Rossiya fuqaroligini qabul qilmasa, deportatsiya qilishga imkon beruvchi farmonini imzoladi. Ular 2024 yil 1 iyulga qadar qaror qabul qilishlari kerak.
- Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (PACE) ukrainalik bolalar majburan Rossiyaga olib ketilganini genotsid sifatida tan oldi. Assambleyadagilarning hisoblashicha, bunday ko‘chirishdan maqsad «barcha aloqalarni va ularning ukraincha o‘ziga xosliklarini yo‘q qilish»dan iborat bo‘lgan.
- RF mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Mixail Mizinsev iste’foga chiqarilgan. Mudofaa vazirligi bu haqda rasman ma’lumot bermadi. Harbiy muxbir Aleksandr Sladkovga ko‘ra, uning o‘rniga shu vaqtgacha Rosgvardiya raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Aleksey Kuzmenkov tayinlangan. Bundan tashqari, Sladkovning hisoblashicha, yaqin vaqtlar ichida vazirlikda navbatdagi iste’folar ro‘y berishi mumkin, chunki «kuchishlatar tuzilmalar blokida kurash bevaqt keskinlashmoqda. Kreml Mizinsevning iste’fosi to‘g‘risidagi xabarlarni izohlashdan bosh tortdi.
- AQSh razvedkasi RF mudofaa vazirligi shartnoma asosida 415 ming kishini yollamoqchi ekanidan xabar topdi. Shundan 115 ming kishini urushga jo‘natish mo‘ljallangan. Rossiya tomoni bu ma’lumotga munosabat bildirmadi.
Mikolayivga zarba
Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimga ko‘ra, 27 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini shahar bo‘ylab «Kalibr» rusumli to‘rtta raketa uchirgan. Zarbalar oqibatida xususiy uy vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli turar joy binosi va tarixiy bino (aynan qaysiligiga aniqlik kiritilmagan) shikastlangan. Bir kishi halok bo‘lgani va 23 kishi yaralangan — ular orasida bir bola ham bor.
«Janub» operativ qo‘mondonligi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyukning aniqlik kiritishicha, Mikolayivga zarba Qora dengiz akvatoriyasidan turib berilgan. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z svodkasida ma’lum qilishicha, tunda Rossiya qo‘shini «dushman zaxira kuchlari dislokatsiya qilingan punktlar bo‘ylab yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar yo‘llagan».
Quyida Mikolayivga zarba oqibatlari aks etgan suratlar.
Yaqinlari bilan vidolashayotgan ukrain askarlari
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dala hospitali
Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun janglar davom etmoqda. Ukraina QK Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi hamon Baxmutga o‘q-dorilar, oziq-ovqat, askarlar uchun anjomlar, dori-darmonlar yetkazish, shuningdek, shahardan yaradorlarni olib ketish imkoniyati saqlanib qolmoqda. U «rossiyaliklarda doim [Baxmutni egallash bo‘yicha] qator dedlaynlar bo‘lishi»ga urg‘u qaratgan:
Avvaliga — 1 maygacha edi, endi 9 mayga o‘zgardi, ayniqsa ular endigina ustun kela boshlagani uchun. Ammo bizning qo‘mondonlarimiz va askarlarimizning qahramonligi, jasorati, professionalizmi, matonati ko‘plab oylar mobaynida ularning barcha dedlaynlarini bekor qilib kelmoqda.
RF mudofaa vazirligining 27 aprel kungi svodkasida aytilishicha, «shturm otryadlari Baxmutning shimoliy-g‘arbiy, g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy qismlaridagi to‘rtta kvartalni egallab olgan, Havo-desant qo‘shinlari bo‘linmalari esa raqibni shaharning shimoliy va janubiy chekkalarida tang ahvolga solib qo‘ygan». Ukraina tomoni bu bayonotga munosabat bildirmadi.
Lviv oblastidagi qishloqda g‘alaba yodgorligi snos qilinishi
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Peterburg shahri va oblastda urush fonidagi hayot
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024