«Afrosiyob» tezyurar poyezdida qalbaki chiptalar orqali harakatlangan yo‘lovchilar aniqlandi
Chiptaga qalbaki ma’lumotlar kiritilishi orqali bir necha fuqaro harakatlangan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan chiptalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holati qayd etildi.
Jumladan, 4 may kuni «Toshkent — Samarqand — Buxoro» yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdida chiptaga elektron tarzda boshqa shaxslarning ma’lumotlari kiritilgan holda qalbakilashtirilib, bir nechta fuqaro harakatlanayotgani aniqlangan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» poyezdlarda xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda tegishli mutaxassislar jalb qilinib, firibgarlik yo‘li bilan harakatlanadigan yo‘lovchilarga qonunda belgilangan choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirmoqda.
Shuningdek, temiryo‘l transporti uchun chiptalarni faqat chiptaxonalarda yoki veb-sayt orqali xarid qilish, shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qilishni tavsiya etmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 13.11.2024
Toshkentda EKU markazi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
21:14 / 22.10.2024