Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari may oyi o‘rtalarida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi.
Xitoy raisi Si Jinping taklifiga binoan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-20 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Davlat tashrifi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 18-19 may kunlari Sian shahrida Si Jinping raisligida bo‘lib o‘tadigan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitidagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bu sammit haqida 27 aprel kuni Sian shahrida o‘tgan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan keyin e’lon qilingandi. Bu uchrashuvdan bir necha kun oldin Xitoyning Fransiyadagi elchisi possovet davlatlarining suverenitetiga shubha bildirib, ayrim davlatlar va Pekin o‘rtasida diplomatik mojaroga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
15:03 / 01.05.2025