O‘zbekiston | 16:21 / 09.05.2023
9206
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi

Respublikamizda uchinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bu yil Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 3 kun davomida bo‘lib o‘tdi. Festival yakunida dunyoning turli davlatlaridan kelgan etnik yo‘nalish ijrochilari orasidan eng saralari va g‘oliblar aniqlandi.

Natijalarga ko‘ra:

-        1-o‘ringa Sariyev Garyagdi (Turkmaniston), Salamat Ayapov (O‘zbekiston Respublikasi - Qoraqalpog‘iston), Sandan Ares (Rossiya), Risbay Isakov (Qirg‘iziston);

-        2-o‘ringa Rasulbek Abduraxmonov (O‘zbekiston), Nugzar Kavtaradze (Gruziya), Sarvar Sabri Kamal (Hindiston), Yaroslav Dmitrov Xristov (Bolgariya);

-        3-o‘ringa Dilmurod Gulmurodov (O‘zbekiston), Serik Jaqsiqulov (O‘zbekiston), Erdane Vat Yesun (Mongoliya), Shin Ja Sun (Koreya) munosib deb topildi.

Festival grand-prisini esa o‘zbekistonlik Ilhom Norov qo‘lga kiritdi.

Yutuqlar:

-        1-o‘rinning har biriga 2500 AQSh dollaridan;

-        2-o‘rinning har biriga 1750 AQSh dollaridan;

-        3-o‘rinning har biriga 1250 AQSh dollaridan taqsimlandi.

Grand-pri sovrindori esa 7000 AQSh dollari pul mukofotiga ega bo‘ldi. 

Mavzuga oid