Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya YeIdan "Vagner"ni terroristik tashkilot sifatida tan olishni so‘radi
Shvetsiya Yevropa Ittifoqi kengashi raisi sifatida "Vagner guruhi"ning Yevropa Ittifoqida terroristik tashkilot sifatida tan olinishiga yordam beradi, dedi tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom.
Shvetsiya “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) Yevropa Ittifoqida terroristik tashkilot sifatida tan olinishini istaydi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom 11 may, payshanba kuni chop etilgan Dagens Nyheter gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Stokholm “buning uchun huquqiy shart-sharoitlar paydo bo‘lishi bilanoq” YeI mamlakatlari bu masala bo‘yicha konsensusga erishishga hissa qo‘shishga tayyor.
"Vagner guruhi" dahshatli hujumlarni amalga oshirdi, jumladan, Sudan, Mali, Suriya va Ukrainada", - deya ta’kidladi Billstryom. Shvetsiya hozirda Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilmoqda. 12 may, juma kuni Stokholmda Yevropa Ittifoqi 27 ta davlati tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
U yoki bu tashkilot terroristik deb tan olinishi uchun milliy huquq-tartibot idoralari unga nisbatan tegishli modda bo‘yicha ish qo‘zg‘atishi kerak, deya qo‘shimcha qildi vazir. Faqat dastlabki tergov boshlanganidan so‘ng, masalani Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar kengashi muhokamasiga qo‘yish mumkin.
10 may, chorshanba kuni Fransiya Milliy assambleyasi ushbu mamlakat hukumatini "Vagner" XHKning Yevropa Ittifoqidagi terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilishi uchun “diplomatik harakatlar qilishga” chaqiruvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Litva parlamenti shunga o‘xshash rezolyutsiyani mart oyida ma’qullagan edi. Buyuk Britaniya ham shunday niyatda, deb yozadi Shvetsiya OAV. Yevropa terrorchilar ro‘yxatiga hozirda 13 jismoniy va 21 yuridik shaxs kiritilgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025