Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Kecha TIVda Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va YeI delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar masalasi muhokama qilindi.
Xususan, 2023 yil 17-19 may kunlari Yevropa komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskisning O‘zbekistonga tashrifi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) yillik yig‘ilishida ishtirok etishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
12:56 / 28.05.2025
O‘zbekistonning YeIdagi missiyasi rahbari Yevrokomissiya raisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14:23 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevroittifoq yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
20:44 / 15.01.2024