Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Adriyenn Geobel bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.
Masalaning texnik va iqtisodiy jihatlarini batafsil muhokama etgan holda yakuniy to‘xtamga kelish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari vakillari ishtirokida yaqin orda muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:07 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025