Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgradda yana minglab odamlar zo‘ravonlikka qarshi namoyishga chiqdi
Namoyishchilar bir necha idora rahbarlarining iste’fosini, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi tabloidlar va telekanallarni yopishni talab qilmoqda.
Serbiya poytaxti Belgradda so‘nggi ikki hafta ichida uchinchi marta minglab odamlar zo‘ravonliklarga qarshi namoyishga chiqdi. Uning ishtirokchilari mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Branislav Gashich, Xavfsizlik va axborot agentligi rahbari Aleksandr Vulinning iste’foga chiqishini, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalarini tartibga solish bo‘yicha hukumat qo‘mitasini tarqatib yuborish, nafrat tashviqoti va kontenti tufayli hukumatparast tabloidlar va telekanallarni yopishni talab qilmoqda.
Namoyishlar may oyida Serbiyada o‘nlab odamlarning o‘limiga va yaralanishiga sabab bo‘lgan ikki ommaviy otishma ortidan mamlakatda zo‘ravonlik darajasi ortib borayotganidan xavotirlar fonida boshlandi. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, muxolifat tomonidan uyushtirilayotgan joriy mitinglar 20 yildan ko‘proq vaqt avval Serbiya sobiq yetakchisi Slobodan Miloshevich rejimining qulashiga sabab bo‘lgan ommaviy namoyishlardan keyingi eng yirik shunday aksiyadir.
Shu bilan birga, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich norozilik namoyishlarini siyosiy nayrang deb atadi. U kelasi hafta o‘z tarafdorlari tomonidan namoyish o‘tkazilishini e’lon qildi va u «Serbiya tarixidagi eng yirik yig‘ilish» bo‘lishini aytdi. Vuchichning yaqin ittifoqchisi, bosh vazir Ana Brnabich ham «tashqi razvedka xizmatlarini» mamlakatni beqarorlashtirish uchun tartibsizliklar uyushtirganlikda aybladi.
3 may kuni Belgraddagi maktabda 13 yoshli o‘smir o‘t ochdi: o‘shanda sakkiz kishi halok bo‘ldi - o‘quvchilar va maktab qo‘riqchilari, yana olti kishi yaralangan. Bir kun o‘tib, 21 yoshli yigit Mladenovats munitsipaliteti yaqinida o‘tkinchilarga qarata o‘t ochdi. U sakkiz kishini o‘ldirgan va 14 kishini yaralagan.
Mavzuga oid
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
16:56 / 27.03.2025