Dniproga raketa zarbasi oqibatlari va Belgoroddagi diversantlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 453-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov 22 may kuni region hududiga «ukrain diversantlari» bostirib kirgani haqida xabar berdi. Rossiya va Ukrainadagi telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari va kuchishlatar tuzilmalar xodimlari diversantlar bilan jangga kirishgan. Gladkovning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan kamida 12 kishi yaralangan, evakuatsiya vaqtida keksa yoshli ayol halok bo‘lgan. Regionda aksilterror amaliyot rejimi joriy etilgan.
- «Diversiya» uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga olgan.
- Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagilar «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘tkazayotgan amaliyotdan maqsad «Ukraina fuqarolari himoyasi uchun xavfsiz yo‘lak tashkil etish» hisoblanishini aytdi. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak keyinroq Ukraina «rossiyalik partizanlar» tomonidan uyushtirilgan diversiyani shunchaki kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
- 22 mayga o‘tar kechasi Dnipropetrovsk oblasti osmonida 15 ta dron va to‘rtta qanotli raketa urib tushirildi. Vayrongarchiliklar va jabrlanganlar bor.
Kunning asosiy voqeasi. Belgorod oblastidagi «diversiya»
22 may kuni Belgorod oblasti Grayvoron shahar okrugi hududiga, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, «Ukraina QK diversiya-razvedka guruhi bostirib kirdi». Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Dronovka, Glotovo, Kozinka va Gora-Podol qishloqlari hududlarida janglar boshlangan, shuningdek «Grayvoron» nazorat-o‘tkazish punktiga ukrainlar tanki kirib kelgan.
Gubernator Vyacheslav Gladkovning ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana bir keksa yoshli ayol evakuatsiya chog‘ida vafot etgan. Rossiya telegram-kanallariga ko‘ra, Belgorod oblasti hududim mudofaa kuchlari a’zolaridan biri ham halok bo‘lgan. Oblasti hududida aksilterror amaliyotlar rejimi joriy etilgan.
«Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan — ukrain razvedkasi buni tasdiqlagan va amaliyotdan maqsad «Ukraina fuqarolari himoyasi uchun xavfsiz yo‘lak tashkil etish» ekanini aytgan. Ammo Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak ukrain hukumati bu voqealarga bevosita aloqador emasligini ma’lum qildi.
Kremldagilar bu hodisani Ukraina qurolli kuchlarining «diqqatni Baxmut yo‘nalishidan chalg‘itib, Ukraina tomonining Artyomovskni yo‘qotishidan siyosiy ta’sirni minimallashtirish»ga urinishi deb baholadi.
Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatlari
22 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipro bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Oblast ma’muriyati rahbari Sergey Lisak xabar qilishicha, region ustida jami 15 ta dron va to‘rtta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan yetti kishi jabrlangan. Shuningdek, Lisakning ma’lumotiga ko‘ra, oblast hududida uchta xususiy uy va to‘qqizta ko‘p kvartirali uylar, bolalar bog‘chasi, do‘konlar va ma’muriy binolar shikastlangan. Oltita avtomobil yakson etilgan. Dniproning o‘zida uchta xususiy korxona binolari zarbaga uchragan (aynan qanday korxonalar ekaniga aniqlik kiritilmagan).
Baxmut atrofidagi okoplarda qolayotgan ukrain harbiylari
Irpinda Benksi chizgan graffiti
Mavzuga oid
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024