O‘zbekiston | 21:15 / 23.05.2023
28110
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur prezidenti Toshkentga UzAirways'ning doimiy reysida yetib keldi

Halima Yoqub Markaziy Osiyoga kelgan birinchi Singapur prezidenti bo‘ldi. U 21-23 may kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirdi va bugun, 23 may kuni Uzbekistan Airways'ning doimiy reysi (HY722) orqali Ostonadan Toshkentga yetib keldi.

Foto: O‘zA

Aeroportda mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Singapur prezidenti va uning turmush o‘rtog‘ini O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov kutib oldi.

Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati

Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan boshlandi. Singapur delegatsiyasi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati

Asosiy siyosiy tadbirlar ertaga bo‘lib o‘tadi. Halima Yoqub 25 maygacha O‘zbekistonda bo‘lib, Samarqandga ham borishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Singapurga davlat tashrifi bilan borgan, o‘shanda bu mamlakat prezidentini O‘zbekistonga taklif qilgandi.

Wikipedia'da yozilishicha, Singapur prezidenti, bosh vaziri va rasmiy shaxslari odatda safarlar uchun doimiy yo‘lovchi reyslarga chiqishadi. Ular asosan milliy Singapore Airlines aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi, yo‘nalishga qarab boshqa tashuvchilarning muntazam reyslarida ham uchishadi.

Mavzuga oid