Jamiyat | 11:02 / 29.05.2023
17495
1 daqiqa o‘qiladi

Xolesterin darajasini pasaytirish uchun eng foydali sabzavot ma’lum qilindi

Yurak holatini yaxshilaydigan va qondagi xolesterin darajasini pasaytiradigan moddalarni o‘z ichiga olgan ko‘plab sabzavotlar mavjud.

Foto: Pixabay

Sabzi yomon xolesterin darajasini kamaytirishga yordam beradigan eng yaxshi sabzavot hisoblanadi, dedi diyetolog shifokor Liza Yang.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, sabzi iste’mol qilish nafaqat xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, balki uni me’yorida saqlashga ham turtki bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, buning uchun kuniga kamida 25 gramm iste’mol qilish kerak.

Qonda yuqori xolesterin darajasi fonida rivojlangan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan odamlar, sabzidan kundalik foydalanish tufayli yurak faoliyati va qon biokimyoviy tahlili yaxshilanganini ta’kidladilar. Ushbu sabzavotni o‘z ichiga olgan taomlar vazn va qon bosimini saqlashga yordam beradi.

Diyetolog sabzavotli salatlarga sabzi qo‘shishni, zaytun moyida pishirishni yoki asosiy garnir sifatida iste’mol qilishni tavsiya etyapti.

Mavzuga oid