Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT davlat rahbarlari kengashi sammiti virtual formatda bo‘lib o‘tadi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti 4 iyul kuni virtual formatda bo‘lib o‘tadi, deyiladi tashkilotga raislik qilayotgan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
ShHT davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi Hindistonning ilk raisligi ostida 2023 yil 4 iyul kuni virtual formatda bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.
Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston sammitga kuzatuvchi davlat sifatida taklif qilingan. ShHT an’anasiga ko‘ra Turkmaniston mehmon sifatida taklif etilgan.
Tashqi ishlar vazirligi Hindistonning ShHTga raisligi davrini a’zo davlatlar o‘rtasidagi “qizg‘in faoliyat va o‘zaro manfaatli hamkorlik davri” deb atadi. Hindiston jami 134 ta uchrashuv va tadbirlar, jumladan, 14 marta vazirlar darajasidagi majlislarni o‘tkazdi.
O‘tgan yilgi ShHT sammiti Samarqandda sentabr oyida o‘tkazilgan edi. O‘shanda Eronni ShHTga to‘laqonli a’zo qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mamlakat Hindistondagi sammitdayoq tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi
18:50 / 05.04.2025
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
09:15 / 01.04.2025