Qo‘qon shahrida katta yong‘in. Voqea joyidan reportaj
Shahardagi "Buyuk ipak yo‘li" savdo majmuasida (ulgurji bozor) yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Qariyb 6 soat davom etgan yong‘in majmuaning katta qismiga zarar yetkazgan. Kun.uz muxbiri hodisa joyida bo‘lib vaziyatni o‘rgandi.
12 iyun soat 19:00 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan savdo komplekslarida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVVga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, yong‘in soat 23:30 da bartaraf etilgan.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, yuzdan ortiq tadbirkorlarning mol-mulklariga zarar yetgan.
FVV bo‘linmalari hodisa joyida bo‘lib, yong‘inning kelib chiqish sababi va ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:43 / 27.11.2024
Namanganda JAC pikapi yonib ketdi
15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
09:33 / 25.11.2024