Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada NATOning eng yirik havo mashqlari boshlandi
Yevropada NATOning so‘nggi yillardagi eng yirik havo o‘quv mashg‘ulotlari – Air Defender 23 boshlandi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Ularda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo 20 dan ortiq davlatdan 10 ming askar va 250 ta samolyot qatnashmoqda.
Ular 2018 yilda rejalashtirilgan va tashkilotning kuchini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan edi. Mashg‘ulotlarga Germaniyaning to‘rtta havo bazalari, shuningdek, Chexiya va Niderlandiyaning bittadan aviabazasi jalb etiladi.
Ularda NATOga a’zo davlatlardan tashqari alyans hamkorlari - Yaponiya va Shvetsiya ham ishtirok etadi. AQSh HHK Milliy gvardiyasi direktori Maykl Lo dunyoda va Yevropada o‘zgarib borayotgan strategik landshaft haqida gapirdi hamda NATOning ko‘plab uchuvchilari birinchi marta havoda birga ishlashini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, germaniyalik general Ingo Gerxars mashg‘ulotlar biron bir davlatga qarshi qaratilgan emasligini ta’kidlaydi.
May oyi oxirida NATO Norvegiya dengizida 14 g‘arb davlati, jumladan Norvegiya, Finlandiya va Shvetsiya qurolli kuchlari ishtirokida «Arktika chaqirig‘i» mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Ularda 3 mingga yaqin askar va 150 ta samolyot qatnashdi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
14:05 / 16.05.2025