O‘zbekiston | 16:28 / 14.06.2023
11857
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni sezilarli oshdi

O‘tgan oyda poytaxtga yangi avtobuslar olib kelinib, qatnov intervali qisqargan, avtobuslar salonidagi tiqilinchlar kamaygan edi. Ma’lum bo‘lishicha, buning natijasida yo‘lovchilar soni ancha oshgan: may oyida avtobuslar kuniga o‘rtacha 782 mingdan ortiq yo‘lovchi tashigan. Bu – o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Toshkentda yangi katta va o‘ta katta sig‘imli avtobus va elektrobuslar harakatlanishni boshlagani sabab jamoat transportidan foydalanuvchilar soni oshdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati «Toshshahartransxizmat» kompaniyasiga tayanib xabar bermoqda.

May oyida poytaxt avtobuslari kuniga o‘rtacha 782 mingdan ortiq yo‘lovchini tashigan. Bu esa o‘tgan yilning shu oyidagi miqdor bilan solishtirganda 63 foizga ko‘p — o‘tgan yil may oyida 478 ming yo‘lovchi tashilgandi.

Yo‘nalishlarga 1330 ta kunlik avtobus chiqarilgan yoki 2022 yil may oyiga nisbatan 40 foizga ko‘paygan — 806 ta.

Kunlik qatnovlar o‘tgan yilning may oyida amalga oshirilgan 10 ming 424 tadan 60 foizga ortib, 16 ming 741 taga yetgan.

  • Ma’lumot uchun, 2023 yil 16 fevraldagi «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.
  • Poytaxt avtobus parki 20 apreldan Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar bilan to‘ldirila boshlandi. Shu kuni yo‘nalishlarga 400 ta avtobus chiqarilgan. Ulardan 114 tasi uzunligi 18 metrli garmoshkali avtobuslar, 169 tasi elektrobus, 117 tasi gazda harakatlanuvchi avtobuslar edi.

Mavzuga oid