O‘zbekiston | 07:39
2404
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 113 ta yangi yo‘nalish, shu jumladan 56 ta avtobus yo‘nalishi ochilgani ma’lum qilindi. 

Foto: Transport vazirligi

 Transport vazirligi xabar berishicha, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun birinchi navbatda harakat tarkibi zamonaviy avtobus va elektrobuslar bilan yangilanmoqda. Maqsad sayohatlarni yanada qulayroq qilish orqali jamoat transportidan kundalik foydalanuvchilar sonini oshirishdir.

Shu maqsadda 2024 yilning o‘zida hududlarda tadbirkorlar 700 ta avtobus va 530 dan ortiq mikroavtobus sotib oldi. 2025 yilning yanvar aprel oylarida esa hududlarga yana 241 ta avtobus va 133 ta mikroavtobus olib kelindi.

113 ta yangi yo‘nalish, shu jumladan 56 ta avtobus yo‘nalishi ochildi, bu hududlardagi transport aloqasini yaxshiladi.

Viloyat transport boshqarmalarida markazlashtirilgan dispetcherlik xizmati joriy etildi. 48 ta yo‘nalish brutto-shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tdi – bu sifat va xavfsizlikka ustuvorlik berilgan yangi modeldir.

Mavzuga oid