O‘zbekiston | 16:50 / 16.06.2023
13932
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam

Foto: AKFA

Abituriyent va talabalar uchun grantlar tafsilotlarini ochib beramiz

AKFA universiteti ta’limning yuqori sifatli va hamyonbop bo‘lishiga, talabalarning ilmiy va kasbiy muvaffaqiyatlarga erishish motivatsiyasini rag‘batlantirishga intiladi. Universitet tomonidan taqdim etiladigan grantlar va stipendiyalar ushbu qo‘llab-quvvatlashning shakllaridan biri bo‘lib, talabalarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va moliyaviy cheklovlarga qaramay oliy ma’lumot olishlariga yordam beradi. Bizning grantlar va stipendiyalar dasturimiz faol va turli sohalarda muvaffaqiyat sari intiluvchi talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va mukofotlarni taqdim etadi.

O‘zbekistondagi yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan AKFA universiteti, abituriyent va talabalarga ta’lim oldidagi moliyaviy yuklamani sezilarli darajada yengillashtiruvchi grantlar olishda keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Kirish imtihonlari asosidagi nufuzli grantlardan tortib, ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha stipendiyalargacha, AKFA universiteti talabalarni muvaffaqiyat yo‘lida qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga intiladi.

Grant asosidagi kirish imtihon natijasiga asosan taqdim etiladigan grant

Har yili grant imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 42 nafar abituriyent birinchi semestrda grant oladi. Grantlar abituriyentning ro‘yxatdagi o‘rni va grant miqdoriga qarab taqdim etiladi. Birinchi ikki o‘rin birinchi semestrda o‘qish to‘lovining 100% miqdorida grant oladi, keyingi ikkita o‘ringa 75%, so‘ngra esa mos ravishda 50%, 20% va 10% lik grantlar mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, kirish imtihonlari granti faqat birinchi semestr uchun taqdim etiladi.

Akademik ko‘rsatkichlari uchun beriladigan grant

Har bir semestrda, oraliq va yakuniy imtihonlaridagi natijalarga asoslangan holda TOP-42 talabalar 10% dan 100% gacha grant olishlari mumkin. Agar fakultetda 100 ta talaba bo‘lsa, grant quyidagi ko‘rinishda taqsimlanadi:

Birinchi ikki o‘rin 100% miqdorida grant oladi, keyingi ikkita o‘ringa 75%, so‘ngra esa mos ravishda 50%, 20% va 10% lik grantlar taqdim etiladi.

IELTE/TOEFL/Duolingo sertifikatlariga ega bo‘lgani uchun grant

AKFA universiteti ingliz tilini bilishga katta ahamiyat beradi va uning muvaffaqiyatli tahsil olishda naqadar muhim ekanini e’tirof etadi. Talabalarni yaxshiroq o‘qishga va til ko‘nikmalarini yuqori darajada ushlab turishga rahbatlantirish uchun universitetda grant dasturi joriy etilgan. Talabalarga IELTS, TOEFL va Duolingo kabi sertifikatlar natijalariga qarab 20% gacha chegirmalar taqdim etiladi.

IELTS 7.0 ball natija bilan sertifikat topshirgan talabalar 5%,

IELTS 7,5-10%,

IELTS 8-15% va IELTS 8,5 va undan yuqori bo‘lsa 20% chegirmaga ega bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, talabalar har semestrda o‘z natijalarining tavsifi va tegishli sertifikatlarni taqdim etgan holda, chegirmalar uchun ariza topshirishlari lozim.

AU ExcellenceScholarships (AUES)

AKFA universiteti sizning mashaqqatli mehnatingiz va chuqur bilimingizni qadrlaydi va xalqaro tajribalarni tan olish va xalqaro olimpiada/jahon chempionatlaridagi malaka va ishtiroklari uchun AU Excellence Scholarships (AUES) grantlarini taklif etadi.

Agar abituriyent quyidagi olimpiadalardan birida qatnashgan va 1, 2 yoki 3-o‘rinni egallagan taqdirda grant  olishga da’vogar bo‘ladi:

• Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati

• Matematika va informatika bo‘yicha Jautikov xalqaro olimpiadasi

• Bolqon matematika olimpiadasi

• Xalqaro matematika olimpiadasi

• Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada

• Xalqaro kimyo olimpiadasi

• Xalqaro biologiya olimpiadasi

• Xalqaro STEM olimpiadasi

Agar abituriyentning SAT balli 1400+ va kamida IELTS 7,5 bo‘lsa

yoki CambridgeInternationalAS/Alevels da Triple A (AAA) bo‘lsa, ularga universitetda to‘liq moliyalashtirilgan AU Excellence granti bilan o‘qish imkoniyati beriladi.

*Har semestrda stipendiyani saqlab qolish uchun GPA 3.3 dan past bo‘lmasligi lozim.

Bundan tashqari, quyidagi abituriyentlar kirish imtihonlarisiz avtomatik ravishda kontrakt asosida qabul qilinadi:

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha xalqaro turnirlar ishtirokchilari va quyidagi sertifikatlari bor abituriyentlar:

• SAT sertifikati (1000+)

• Pirson malakalari bilan:

1. Pearson Edexcel International Advanced Levels - C yoki undan yuqori baho

2. Pearson Edexcel IGCSE - 5 yoki undan yuqori baho

3. Pearson BTEC International Level 3 - M bahosi (Merit) va undan yuqori.

Kembrij malakalari:

1. CambridgeIGCSE i GCEOlevel - C darajasi va undan yuqori

2. Cambridge International AS/A levels - C va undan yuqori daraja.

Qo‘shimcha grantlar va stipendiyalar

AKFA universiteti asosiy grant dasturlaridan tashqari alohida iqtidor ko‘rsatgan, yuqori natijalarga erishgan yoki universitetning akademik hamda ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalar uchun bir qator qo‘shimcha grantlar va chegirmalarni ham taklif etadi. Ushbu grantlarning ba’zilari quyidagilardan iborat:

1. Ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgani uchun grant: ilmiy loyihalarda va professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarda faol ishtirok etuvchi talabalarga taqdim etiladi. Grant miqdori ishtirok etish darajasi va tadqiqot natijalariga asoslanadi.

2. Ijtimoiy jalb etilganligi uchun grant: talaba tashkilotlari, volontyorlik dasturlari va ijtimoiy loyihalarda faollik ko‘rsatgan va yetakchi bo‘lgan talabalarga beriladi. Grant miqdori talabaning ijtimoiy sohadagi hissasi va ta’siridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

3. Sport yutuqlari uchun grant: sportda yuqori natijalarga erishgan va mintaqaviy, milliy yoki xalqaro miqyosdagi jamoaviy yoki yakka tartibdagi musobaqalarda qatnashadigan talabalarga beriladi.

Talabalar ko‘rsatgan xizmatlari va universitet tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, bir vaqtning o‘zida bir nechta grantlar yoki stipendiyalarga da’vogar bo‘lishlari mumkin.

Xalqaro talabalar uchun grantlar

AKFA universiteti shuningdek, xalqaro talabalarga ham sifatli ta’lim olishda yordam berish uchun maxsus grantlar va chegirmalar taqdim etadi. Ushbu grantlar o‘qish, yashash xarajatlari yoki universitet bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning bir qismini qoplashga yordam beradi.

Almashinuv dasturlari va hamkorlik

AKFA universiteti talabalar almashinuvi dasturlarini va boshqa universitetlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Bu talabalarga xalqaro muhitda o‘z tajribasini oshirish, bilim va g‘oyalar almashish, akademik va kasbiy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish imkonini beradi.

Ish martabasi bo‘yicha ko‘maklashish

AKFA universiteti o‘z talabalarini kasbiy qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat beradi. Universitet talabalar va bitiruvchilarga ish izlash, malaka oshirish, rezyume tayyorlash va suhbatdan o‘tishda yordam beradigan martaba markazlari va resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Malaka bo‘yicha maslahatchilar, shuningdek, talabalarga karera rivojlanishida individual yordam va maslahatlar beradi. Ta’lim olishdan so‘ng darhol a’lochi talabalar AKFA Group holdingi va uning hamkorlar tarmog‘ida ishga joylashish uchun taklif etiladi.

Grant o‘rinlari uchun imtihonlar 11 iyul kuni oflayn tarzda o‘tkaziladi.

2023 yilda AKFA universiteti tanlash uchun quyidagi fakultetlarni taklif etadi:

- Tibbiyot (12 ta semestr) - bir semestr uchun 29 000 000 so‘m;

- Stomatologiya (10 ta semestr) - bir semestr uchun 21 000 000 so‘m;

- Buxgalteriya hisobi va moliya (8 ta semestr) – bir semestr uchun 14 750 000 so‘m;

- Iqtisodiyot (8 ta semestr) – bir semestr uchun 14 750 000 so‘m;

- Marketing (8 ta semestr) - bir semestr uchun 14 750 000 so‘m;

- Startap-menejmenti (8 ta semestr) – har bir semestr uchun 14 750 000 so‘m;

- Xalqaro biznes (8 ta semestr) - bir semestr uchun 14 750 000 so‘m;

- PR menejment (8 ta semestr) – bir semestr uchun 12 500 000 so‘m;

- Arxitektura va dizayn (8 ta semestr) – har bir semestr uchun 13 500 000 so‘m;

- Sanoat muhandisligi - semestr uchun 13 500 000 so‘m;

- Tibbiyot muhandisligi - semestr uchun 13 500 000 so‘m;

- Avtomobil muhandisligi - semestr uchun 13 500 000 so‘m;

- Elektrotexnika va elektronika – semestr uchun 13 500 000 so‘m;

- Ta’lim menejmenti (ELT) – har bir semestr uchun 12 500 000 so‘m;

- Computer Science (8 semestr) - har bir semestr uchun 15 000 000 so‘m.

Shartnoma summasi bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.

Hujjatlarni topshirish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini yuklashlari kerak: pasport, shahodatnoma yoki o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom, 3,5×4,5 o‘lchamdagi fotosurat va IELTS sertifikati (fakultetga qarab eng kam ball 5 yoki 5,5), TOEFL yoki Duolingo. Agar sertifikatga yega bo‘lmasa, ingliz tilidan ichki imtihon topshirishi mumkin.

admission.akfauniversity.com havolasi orqali qabul uchun ariza topshirish mumkin

AKFA universiteti barcha qiziqqan talabalarni ariza topshirishga va o‘z kelajagini barpo etishni boshlashga taklif qiladi.

Qabul qilish qoidalari va o‘qishga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun abituriyentlar universitet saytiga tashrif buyurishlari yoki yagona koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilib universitet vakillari bilan bog‘lanishlari mumkin. 

+998-71-200-05-22

Yoki telegramm-bot orqali: @akfaunibot

Reklama

Mavzuga oid