Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimyonda adashib qolgan fuqaro dengiz sathidan 2800 metr balandlikda topildi
Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandligidan topilgan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Bugun, 16 iyun kuni soat 11:40 Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga bir nafar fuqaro dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan.
Tezkor olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandligidan topilgan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Mavzuga oid
17:00 / 08.04.2025
Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
21:41 / 31.12.2024