Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada qurollangan shaxs bankda odamlarni garovga oldi. U qo‘lga olingan
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bank bo‘limida odamlar garovga olindi. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, qurollangan shaxs Kaspi bankining Do‘stlik ko‘chasidagi filialiga hujum qilgan.
Bank matbuot xizmati ichkarida faqat bank xodimlari bo‘lganini xabar qilgan.
Politsiya bosqinchi bilan muzokaralar o‘tkazgan. Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, bank bo‘limi joylashgan binoda yashovchilardan kvartiralarini tark etish so‘ralgan. Bino chor atrofdan o‘rab olingan.
Bankda yetti nafar ayol va bir qo‘riqchi bo‘lgani xabar qilingan. Ularni garovga olgan shaxs esa, bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘al va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qilgan. U o‘z talablarini bajarish uchun uch soat vaqt bergan, shundan so‘ng garovga olinganlarni o‘ldira boshlashini aytgan.
Ko‘p o‘tmay ushbu shaxs qo‘lga olinib, garovdagilarning barchasi ozod etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchining qo‘lga olinishi aks etgan video tarqalgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu 30 yoshli Alixan Muradov bo‘lib, uning «kredit bilan bog‘liq muammolari» bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025