Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada muzlatkichdan uch ayol va bir erkakning jasadi topildi
Marhumlarning barchasi Turkmaniston fuqarolari ekani aytilmoqda. Politsiya holat qotillik sifatida baholab, ushbu jinoyatda gumonlanayotgan shaxsni qidiruvga bergan.
Turkiyaning Izmir shahridagi uylarning biridan 4 kishining jasadi topilgan. OAVning ma’lum qilishicha, uch ayol va bir erkakning murdasi bo‘laklarga bo‘lingan holda katta muzlatkich ichiga joylangan. Ayni paytda uy atrofi politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng jasadlar Turkmaniston fuqarolariga tegishli ekani aniqlangan. Politsiya marhumlar qasddan o‘ldirilgan deb hisoblamoqda. Turkmanistonlik bir erkak qotillikda gumonlanib qidiruvga berilgan. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olish harakatlari va tergov ishlarini davom ettirmoqda.
“Mahallamizda bunday ish sodir bo‘lgani bizni qayg‘uga soldi. Bu oilaviy fojia bo‘lgani haqida eshitdik. Voqea qachon sodir bo‘lgani ma’lum emas. Politsiyachilarning aytishicha, qotil ularni avval o‘ldirib, bir necha kundan so‘ng ularni bo‘laklab muzlatkichga joylagan. Marhumlarning Istanbuldagi qarindoshlaridan biri oila haqida hech qanday xabar bo‘lmagach, bu yerga kelgan va eshik ochiq yotganini ko‘rgan” deydi hodisa sodir bo‘lgan Adolat mahallasida yashovchi Ferhat O‘zkul.
Mahalliy nashrlar jasadlar prokuror tomonidan ko‘zdan kechirilganidan so‘ng yorib ko‘rish uchun Izmir sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga yuboriliganini yozishmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025