O‘zbekiston | 08:46 / 21.06.2023
8375
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan tuman ma’lum qilindi
Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
2023 yilning yanvar-may oylari yakuni bilan Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi 9 823,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, u 2022 yilning mos davriga nisbatan 2 132,8 mln AQSh dollariga yoki 127,7 foizga ko‘paydi.
Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulush (18,6 foiz) 1 827,0 mln AQSh dollari bilan Mirobod tumaniga tegishli.
Toshkent shahrining tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi:
- Chilonzor tumani 1 384,7 mln AQSh dollari;
- Yunusobod tumani - 1 097,0 mln AQSh dollari;
- Yakkasaroy tumani - 941,7 mln AQSh dollari;
- Yashnobod tumani - 822,7 mln AQSh dollari;
- Sergeli tumani - 850,1 mln AQSh dollari;
- Olmazor tumani - 767,0 mln AQSh dollari;
- Shayxontohur tumani - 696,8 mln AQSh dollari;
- Mirzo Ulug‘bek tumani - 659,0 mln AQSh dollari;
- Uchtepa tumani - 280,1 mln AQSh dollari;
- Bektemir tumani - 278,5 mln AQSh dollari;
- Yangihayot tumani - 147,9 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024