O‘zbekiston | 13:45 / 22.06.2023
6314
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish

Jahon banki O‘zbekiston Respublikasining innovatsion siyosati kun tartibini qo‘llab-quvvatlaydi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini moliyalashtiradi.

MUNIS loyihasi uchta asosiy komponentdan iborat bo‘lib, ular tadqiqot va ishlanmalarning (R&D) ta’siri va iqtisodiy qiymatini oshirish, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, texnologiyalar va jarayonlarni ishlab chiqish uchun korxona darajasidagi innovatsiyalarni rag‘batlantirish, shuningdek, Xalqaro ekspertlar kengashi (IEC) va texnologiyalar transferi markazi (CTT) kabi yangi institutlarni yaratish, shu bilan bir qatorda:

• 1-komponent – ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va dolzarbligini oshirish, shuningdek, maxsus raqobatbardosh moliyalashtirish dasturlari orqali ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi;

• 2-komponent – innovatsiyalarni birgalikda moliyalashtirish, mahalliy yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi va milliy sifat infratuzilmasini tanlab takomillashtirish orqali barqaror innovatsiyalar, sanoat va ilmiy doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantiradi;

• 3-komponent – tajriba mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish va davlat siyosati vositalarining asosiy to‘plamiga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun texnik yordamni moliyalashtiradi.

Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Erali Beksultan MUNIS loyihasining ahamiyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Mavzuga oid