Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarni yakunlashni taklif qildi
Ostona formati ishlashda davom etadi, lekin boshqa maydonga ko‘chiriladi, dedi Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Lavrentev Qozog‘iston taklifiga javoban.
Qozog‘iston Suriya bo‘yicha Rossiya, Eron va Turkiya tomonidan 2017 yildan beri Ostonada olib borilayotgan va Ostona jarayoni deb nomlanuvchi muzokaralarni yakunlashni zarur deb hisoblaydi. Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kanat Tumishev 21 iyun, chorshanba kuni ushbu formatdagi 20-yig‘ilishda so‘zga chiqib, uni oxirgisi deb e’lon qilishni rasman taklif etdi. Sababi, Tumishevga ko‘ra, «Ostona jarayoni o‘z vazifasini sharaf bilan bajardi». U Suriyaning «mintaqadagi izolyatsiyadan bosqichma-bosqich chiqib ketishi» va «arab oilasiga qaytishi»ni buning belgisi deb atadi.
O‘z navbatida, Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev Ostona formati ishlashda davom etishini, biroq yangi platforma izlashini aytdi. «Agar Qozog‘istonning qarori, ular o‘ylaganidek, hozir, ehtimol, maqbulroq joyga o‘tkazish bo‘lsa, biz maslahatlashib, boshqasini tanlaymiz», dedi Lavrentev.
Unga ko‘ra, Ostona formatidagi navbatdagi uchrashuv 2023 yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi, lekin Qozog‘iston hududida emas. «Bu Moskva, Tehron, Anqara, Damashq bo‘lishi mumkin», dedi Putinning maxsus vakili. Shu bilan birga, u Qozog‘istonning Ostona formatini boshqa maydonga ko‘chirish taklifi o‘zi uchun kutilmagan hol bo‘lganini tan oldi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
21:27 / 23.05.2025