O‘zbekiston | 09:54 / 23.06.2023
5631
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi transformatorlarning 37 foizi 40 yildan beri ishlayotgani ma’lum qilindi

Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmoqlarining qariyb chorak qismi va yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlarning 37 foizdan ortig‘i 40 yildan ziyod vaqtdan buyon ishlab kelmoqda. Bu haqda Daryo yozmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrining energiya ta’minoti tizimiga 152 ta transformatordan iborat 82 ta podstansiya kiradi. 

Shuningdek, to‘rt mingtadan ko‘p elektr ta’minoti korxonasi va uch mingdan ortiq iste’molchilar balansidagi transformator punktlari hamda qariyb 8,5 ming kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarini ham o‘z ichiga oladi.

Podstansiyalardagi 56 ta transformator va 1 ming 883 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlab turibdi. Podstansiyalardagi transformatorlarning 36 foiz hamda elektr uzatish tarmoqlarining 24 foizi 25 yildan 40 yilgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid