Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
25 iyun kuni 19:00 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, Yunusobod tumani 12-dahada joylashgan ko‘p qavatli uyning taxminan 150 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 19:21 da yetib borib, 30 daqiqa ichida yong‘inni bartaraf etgan. Olovni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025