O‘zbekiston | 09:43 / 27.06.2023
3660
1 daqiqa o‘qiladi

Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dori vositalari olib kelindi

Umumiy hajmi 5 ming qutidan ortiq bo‘lgan dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga beriladi.

Foto: Dunyo

25 iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan V gepatitiga qarshi dori vositalarini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.

Mamlakat elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida «V» gepatitiga qarshi dori vositalarini ajratish xususida kelishuvga erishildi.

Umumiy hajmi 5 ming qutidan ortiq bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga beriladi.

Mavzuga oid