Jahon | 15:49 / 28.06.2023
29435
6 daqiqa o‘qiladi

Kramatorskka zarba oqibatlari va frontdagi rossiyalik merganlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 489-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 27 iyun kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Kramatorsk bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, raketalardan biri odamlar o‘tirgan restoranga kelib tushgan. 28 iyun kuni ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni o‘n nafarni tashkil etmoqda, yana 61 kishi jabrlangan. 
  • Putin Kremlda harbiylar va boshqa kuchishlatar tuzilmalar vakillari qarshisida chiqish qildi. U bu tuzilmalar amalda «fuqarolik urushini to‘xtatishgani»ni e’tirof etdi.
  • Aleksandr Lukashenko Prigojin ayni vaqtda Belarusda ekanini ma’lum qildi.
  • Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov o‘z tuzilmasida og‘ir qurollar va tanklar paydo bo‘lishini aytdi. Prigojinning isyoni yuzasidan izoh berarkan (isyon yakunlanganidan uch kun o‘tib), u «bu isyon G‘arb tomonidan yo‘lga solingani»ni aytdi.
  • FXX Rossiyadagi qurolli isyon bo‘yicha ishni yopdi. RF mudofaa vazirligidagilar «Vagner» XHK harbiy texnikalari Rossiya armiyasiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
  • Prigojinning isyoni vaqtida g‘arbdagi ittifoqchilar Ukrainadan «qayiqni chayqaltirmaslik» va Rossiya hududlariga zarba bermaslikni so‘ragan, demoqda CNN manbalari. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Amerika razvedkasi Prigojinning rejasi tafsilotlaridan boxabar bo‘lishgan.

Kunning asosiy voqeasi. Kramatorsk bo‘ylab zarba

27 iyun kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Kramatorsk shahrini «Iskander» rusumli ikkita raketa bilan o‘qqa tutdi, deya tasdiqlagan Ukraina bosh prokurori. Avvaliga zarba S-300 tizimining ikki raketasi bilan yo‘llangani aytilayotgandi, bu haqda, xususan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qilgan.

Asosiy zarba Kramatorsk markaziga berilgan: natijada Ria Pizza restorani vayron bo‘lgan, bu vaqtda bu yerda o‘nlab kishilar bor edi, zarbadan keyin hududda yong‘in boshlangan. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, hujum oqibatida jami 18 ta ko‘p qavatli uy va 65 ta xususiy uy, beshta maktab, ikkita bolalar bog‘chasi, savdo markazi, mehmonxona va boshqa binolar shikastlangan. Ikkinchi raketa Kramatorsk tashqarisidagi Belenkoye qishlog‘iga kelib tushgan, prokuraturaning 27 iyun kuni berilgan ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy aholi vakillaridan besh kishi jabrlangan.

Shaharga zarba oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bosh prokuror Andrey Kostinga ko‘ra, qurbonlar orasida — 14 yoshli opa-singillar hamda 17 yoshli yana bir qiz bor. Ukraina milliy politsiyasidagilar 61 kishi turli darajada tan jarohatlari olganini ma’lum qilgan. Jabrlanganlar orasida — 2022 yilda tug‘ilgan sakkiz oylik chaqaloq ham bor.

Kramatorsk markazida qidiruv-qutqaruv ishlari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorskka hujumdan keyin yaralangan askar yarador ayol va uning chaqalog‘iga yordam ko‘rsatmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaliklar raketasi kelib urilgan restoran ichkarisida qon izlari
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qutqaruvchilar xarobalar ostida qolib ketgan kramatorsklik ayolni olib chiqish yo‘lini qidirmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorskda raketa zarbasi kelib tushgan joy yaqinidagi mahalliy aholi vakillari
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Yaralangan kramatorsklik kishini tez yordam avtomobiliga olib borishmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Raketa kelib urilgan hududning ko‘rinishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ayolni xarobalar ostidan olib chiqishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Frontdagi ukrain dronlari 

Ukrainaning 45-brigadasi havo razvedkasi vzvodi harbiy xizmatchilari Donetsk yaqinidagi pozitsiyada «Leleka» razvedkachi dronini yig‘ishmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy «Leleka» dronini Donetsk oblastidagi pozitsiyalar bo‘ylab uchirishga shaylanmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi razvedkachi dronni boshqarmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik zenitchilarning Kiyev atrofidagi pozitsiyasi

 

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari bo‘linmasi harbiylari shvedlarning yelkada olib yuriladigan, raqibning pastlab uchuvchi apparatlarini nishonga olishga mo‘ljallangan RBS 70 zenit-raketa kompleksi bilan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy oldingi chiziqdagi shtabda

26 iyun kuni Donetsk oblastiga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashrif buyurdi. U Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi ketayotgan Berdyansk yo‘nalishidagi shtabda bo‘lgan.

Volodimir Zelenskiy oldingi chiziqdagi qo‘mondonlar bilan gaplashmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

 Luhansk oblastidagi rossiyalik merganlar

Markaziy harbiy okrug merganlari Liman yo‘nalishida jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida. 14 iyun kuni olingan fotosurat ikki hafta o‘tib e’lon qilinmoqda.

Mavzuga oid