Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonliklar avtomobil davlat raqamidagi harflarni tanlashi mumkin bo‘ladi
Bunday raqamlarni sotish orqali budjetga qo‘shimcha mablag‘ tushishi rejalashtirilmoqda.
Endi Qozog‘istonda avtomobil egalari davlat raqamining istalgan harfini tanlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bag‘dat Musin ma’lum qildi.
«Endi qozog‘istonliklar elektron hukumat portali va eGov Mobile ilovasi orqali chiroyli raqamlarga buyurtma berishi mumkin. Biz avtomobil raqamlari dizayneri xizmatini joriy etish masalasi ustida ishlayapmiz. Ushbu funksiya yordamida mijoz o‘zi uchun raqamning istalgan harfini tanlashi mumkin. Masalan, ismi-sharifining birinchi uchta harfini. Bizda ushbu xizmatga talab katta», dedi vazir.
Bag‘dat Musin, shuningdek, bunday xizmatni amalga oshirish uchun talab yuqori bo‘lgan raqamlar ro‘yxatini ko‘paytirishni qonuniy ravishda tasdiqlash zarurligini ma’lum qildi.
«Bu borada biz Parlamentdan yordam olamiz deb umid qilaman. Bunday raqamlarni sotish orqali budjetga qo‘shimcha mablag‘ olib kelgan bo‘lardik», deb xulosa qildi u.
Qozog‘istonda 2012 yildan yangi turdagi avtoraqamlar joriy qilindi. Qoidaga ko‘ra, fuqarolarga tegishli davlat raqamlari KZ 111 AAA 22 ko‘rinishiga ega (bunda KZ – Qozog‘istonni, 22 – mintaqa kodini anglatadi. 111 va AAA – istalgan raqam va harflar birikmasi).
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
09:46 / 22.05.2025