Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki tumandagi elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun, 3 iyul kuni soat 14:25 da Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nosozlik oqibatida Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent tumani iste’molchilarining bir qismida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025