Sumida zarbaga uchragan uy va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 495-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Bizga yordamingiz kerak. Tez orada frontdagi navbatdagi g‘alabalarimizni ko‘rasiz». Prigojin Belarusga «ketganidan» keyin birinchi marta audiomurojaat qildi.
- «Provokatsiya qo‘shinlar guruhlari harakatlariga ta’sir qilmadi». Shoygu ilk bor Prigojinning qurolli isyoni haqida fikr bildirdi.
- Haagada Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlarini tergov qiluvchi xalqaro markaz ochildi. Bu maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam ekani aytilmoqda.
- Latviya rossiyaliklarga cheklangan viza berishni qayta tikladi. Viza berish Prigojin isyonidan keyin to‘liq to‘xtatib qo‘yilgandi.
- Rossiyaliklar droni Sumidagi besh qavatli uyga zarba berdi. Ikki kishi halok bo‘lgan.
- Ukraina mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlari bir hafta ichida 37 kvadrat kilometr hududni ozod etgani haqida xabar berdi.
- FT: Yevroittifoq Rossiya g‘alla kelishuvini uzaytirishi uchun «Rosselxozbank»ning shu’ba kompaniyasini SWIFT’ga ulashi mumkin.
- Ukrainalik yozuvchi Viktoriya Amelina vafot etdi. U Kramatorskka raketa zarbasi oqibatida og‘ir jarohatlangandi.
Kun kadri. Otishma ostidagi ukrain askarlari
Kunning asosiy voqeasi. Sumi bo‘ylab zarba
3 iyul kuni Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahriga rossiyaliklarning to‘rtta Shahed-136 droni bilan hujum qilindi — natijada ikki kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi yaralangan. Sumi oblasti harbiy ma’muriyati shu kuni kechqurun yaralanganlarning to‘rt nafari hamon shifoxonada qolayotgani, ulardan ikkisi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilganini ma’lum qildi. Jabrlanganlardan biri — besh yoshli bolakay.
Shahar o‘qqa tutilishi yuzasidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga butun mamlakat osmonini himoya qilish uchun sifatli havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmayapti: «Dushman bundan foydalanmoqda, xuddi bugun bo‘lgani kabi — eronliklar dronlari bilan Sumi shahriga navbatdagi terrorchilik zarbasi amalga oshirildi, xususan turar joylarga, shuningdek Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga». Zelenskiy qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan, shuningdek mamlakat hukumati Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarini kuchaytirish uchun «imkon doirasidagi va undan tashqaridagi barcha ishni qilishi»ni aytgan.
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari
Baxmut atrofidagi janglar
Xarkiv aholisi uchun raqs terapiya
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024