Fan-texnika | 22:03 / 14.07.2023
81675
1 daqiqa o‘qiladi

Olinmaydigan batareyalarga ega smartfonlar o‘tmishda qolishi mumkin 

Ularni ishlab chiqarish taqiqlanishi kutilmoqda. 

Foto: Android Authority

2027 yildan boshlab, olinmaydigan batareyalarga ega smartfonlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi. Barcha kompaniyalar olinadigan va almashtirish mumkin bo‘lgan akkumulyatorlarga o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Ferra.ru xabar berdi. 

Tegishli qonun Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Yangilik faqat Yevropa kompaniyalari uchun majburiydir, biroq Apple, Samsung va Google bu standartni dunyoning boshqa mintaqalariga ham tatbiq etish niyatida. 

Olinmaydigan batareyali smartfonlardan voz kechish va olinadigan batareyali smartfonlarga o‘tish ishlatilgan batareyalarni qayta ishlash jarayonini tashkil etish va elektronika ishlab chiqarishda xavfli chiqindilar miqdorini kamaytirish imkonini beradi. 

Bundan tashqari, foydalanuvchilarga ishlatilgan batareyani mustaqil almashtirib, smartfonning «umrini uzaytirish»ga imkon yaratadi. 

Mavzuga oid