O‘zbekistonda mehmonxonalarga halol sertifikatini berish boshlanishi mumkin
Madaniyat va turizm vazirligi va World Halal Trust Group o‘rtasida sertifikatlashtirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» tomonidan World Halal Trust Group va «Halol MAIB Xalqaro sertifikatlashtirish markazi» bilan «Halol turizm» sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni o‘zaro manfaatlilik, shuningdek, teng huquqlilik, o‘zaro ishonch, o‘zaro tushunish, O‘zbekistonda «Halol turizm»ni rivojlantirishda ma’naviy va tijoriy maqsadga muvofiqlik samaradorligi asosida mustahkamlash, qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, davlatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida axloqiy me’yorlar va qoidalarning ahamiyati va muhimligini e’tiborga olish nazarda tutilgan.
Memorandumga binoan tomonlar «Halol turizm», shu jumladan turizm xizmatlarini «Halol» sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va bunday tadqiqotlarni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda o‘tkazish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari, kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etishlari, «Halol turizm xizmatlari» (OIC/SMIIC 9:2019) standarti talablariga muvofiqligiga mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha birgalikda ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:47 / 15.10.2024