Qrim ko‘prigiga hujum oqibatlari va front chizig‘idagi jonivorlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 509-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Qrim ko‘prigida portlash ro‘y berdi — bu Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon shu kabi ikkinchi holat. Ikki kishi halok bo‘lgan, bir o‘smir yaralangan. RF Tergov qo‘mitasi terakt bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Kremldagilar bunda «Kiyev rejimi»ni aybladi va «javob» qaytarilishini va’da qildi.
- «Meduza» nashrining Ukraina razvedkasiga yaqin manbasi bergan xabarga ko‘ra, portlash Ukraina xavfsizlik kuchlari va Ukraina havo-dengiz kuchlari amaliyoti doirasida sodir etilgan. Ko‘prikka dengiz dronlari bilan hujum uyushtirilgan. Kiyev bu hodisaga aloqadorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamagan.
- Moskva g‘alla kelishuvi «amalda to‘xtatilgani»ni e’lon qildi. Bu qaror AQSh Davlat departamenti va Yevrokomissiya tomonidan qoralandi. Zelenskiy Turkiya va BMTga g‘allani Rossiya ishtirokisiz olib chiqishda davom etishni taklif etdi.
- «Vagner» XHK yollanma jangchilari Krasnodar o‘lkasining Molkino rayonidagi asosiy bazasi yopilgani va «yangi dislokatsiya manziliga ko‘chishi»ni ma’lum qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Qrim ko‘prigiga hujum
17 iyul tongida Qrim ko‘prigida portlash ro‘y berdi — Belgorod oblastidan bo‘lgan er-xotin halok bo‘ldi, ularning 14 yoshli qizi yaralangan (keyinroq Rossiya hukumati uning hayotiga jiddiy xavf yo‘qligini ma’lum qildi). Kreml ro‘y bergan hodisada «Kiyev rejimi»ni ayblagan. «Meduza», «Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» nashrlari Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manbalariga tayangan holda bu portlash UXX va Ukraina havo-dengiz kuchlari maxsus amaliyoti natijasida sodir etilganini xabar qildi, unga ko‘ra ko‘prikka dronlar bilan hujum qilingan. Kiyev bu hodisaga aloqadorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamagan.
18 iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigi bo‘ylab avtomobillar harakati reversiv rejimda (harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga imkon beradigan) yo‘lga qo‘yildi.
RBK nashri yozishicha, avtomobillar uchun Taman-Kerch yo‘nalishidagi o‘ng polosa ochilgan. TASS muxbiri xabar berishicha, Qrim ko‘prigida avtotransport vositalari harakati qisman tiklanishidan oldin anneksiya qilingan yarimorolni tark etishga harakat qilganlarning avtomobillari ikki kilometrga yetuvchi navbat hosil qilgandi.
Limandagi hayot
Liman — Donetsk oblastida, Kramatorskdan 40 kilometr shimoli-sharqda joylashgan shahar. Liman strategik ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan, shuningdek Shimoliy Don daryosi orqali o‘tuvchi ko‘priklarga ulangan. 2022 yil 28 may kuni Rossiya Liman egallanganini xabar qilgandi, 30 sentabr kuni esa ushbu shahar anneksiya qilingan «DXR» tarkibiga kiritildi. Ammo Ukraina qurolli kuchlari keyingi kuniyoq uni ozod etishadi.
Liman Ukraina nazoratiga qaytarilgach, Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishda davom etdi. 8 iyul kuni amalga oshirilgan so‘nggi hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Chasiv Yarda jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan ko‘ngillilar
Chasiv Yar shahri Donetsk oblastining Baxmut shahridan 13 kilometr g‘arbda joylashgan. Bu yo‘nalishdagi ukrain qo‘shinining asosiy ta’minot liniyasi shu shahardan o‘tadi — shu tufayli RF armiyasi muntazam ravishda Chasiv Yarni o‘qqa tutadi: 15 iyul kuni yo‘llangan so‘nggi zarbalar chog‘ida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan.
Ukrainalik harbiylar va ko‘ngillilar Chasiv Yardan nafaqat odamlarni, balki jonivorlarni ham evakuatsiya qilishga urinmoqda. Avvaliga ko‘ngillilar mamlakatning turli shaharlariga ozuqa yuborayotgandi, endi esa front chizig‘idagi va egallanmagan hududlardagi jonivorlarni olib chiqishga kirishdi.
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024