Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sport vaziri Isinbayevaning «qog‘ozdagi» unvon haqidagi so‘zlarini qoraladi
Ispaniya matbuoti Rossiya armiyasining mayor unvoniga ega rossiyalik sportchi Tenerife oroliga yashash uchun ko‘chib o‘tgani haqida xabar berdi. Bunga javoban Isinbayeva harbiy unvoni «qog‘ozda» ekanligini aytdi.
Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin rossiyalik sportchi Yelena Isinbayevani uning Rossiya qurolli kuchlaridagi mayor unvoni faqat «qog‘ozda» ekani haqida aytgan gaplari uchun tanqid qildi. «Harbiy unvonga va mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga bunday munosabatda bo‘lish mumkin emas. Jamoatchilik oldida oshkora qoralashga hojat yo‘q, lekin o‘z vatanini sevgan har bir fuqaro bunday gaplarga salbiy munosabatda bo‘ladi», - dedi Matitsin 19 iyul, chorshanba kuni.
Langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayeva TsSKA armiya sport klubi a’zosi edi. 2015 yilda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu unga mayor unvonini berdi. OAV xabarlariga ko‘ra, o‘sha yili Isinbayeva Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun besh yillik shartnoma tuzgan va TsSKAda yengil atletika bo‘yicha instruktor etib tayinlangan.
17 iyul kuni «Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘ida sportchi o‘zining shaxsi axborot maydonida keng muhokama qilinganiga munosabat bildirdi va u «sport yutuqlari uchun yuqori mukofotlar va unvonlar» bilan taqdirlanganini, «hozir gapirilayotgan unvonlar esa faqat qog‘ozda qolib ketganini, u hech qachon Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilmaganini» ma’lum qildi.
Ispaniyaning El Digital Sur nashri 14 iyul kuni uning Kanardagi Tenerife oroli janubida joylashgan «hashamatli majmua»da doimiy istiqomat qilayotgani haqida xabar tarqatganidan so‘ng Isinbayevaga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish kuchaydi. Aleksey Navalniy jamoasiga ko‘ra, mulkni Isinbayeva 2022 yil boshida sotib olgan. Bunga javoban sportchi o‘zini «dunyo odami» ekanligini va «ishlayotgan joyda yashashini» aytdi.
Ispaniya nashri, shuningdek, Isinbayevaning Rossiyada amaldagi tuzumni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy faoliyati, xususan, uning 2015 yilda tashkil etilgan «Yunarmiya» harakatidagi faoliyati, unda bolalar «qurol bilan muomala qilish, yurish, mahbuslarni so‘roq qilish va vatanni sevish» haqida o‘qitilishi to‘g‘risida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, gazeta sportchining Rossiya Konstitutsiyasiga Vladimir Putinga «hokimiyatda cheksiz qolish» imkonini bergan o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhdagi ishtirokini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025